Select language

"Magnum" supermarketlar tarmogʻining supermarket maydonchasi

Energiya tejamkor texnologiyalarni qoʻllagan holda
Koʻp yillik hamkorligimiz davomida kompaniyamiz tomonidan "Magnum Cash&Carry" supermarketlar tarmogʻi uchun 50 dan ortiq loyihalar ishlab chiqildi va amalga oshirildi. Ushbu loyihalardan birini batafsilroq tavsiflashni istaymiz, chunki unda energiya tejash bilan bogʻliq maxsus yechimlarning butun bir majmuasi qoʻllanilgan. Energiya tejamkor yechimlarning "standart toʻplami"dan tashqari, quyidagilar joriy etilgan:
  • Adap Kool boshqaruv va nazorat tizimining joriy etilishi.
  • Kondensatsiyani optimallashtirish tizimi.
  • Qaynash jarayonini optimallashtirish tizimi.
  • Havo sovitgichlar va kondensatorlarda EC-ventilyatorlardan foydalanish.
  • Adaptiv (moslashuvchan) eritish tizimi.
  • Ekonamayzerdan foydalanish imkoniyati.
  • Yoritish tizimi va isteʼmolchilarni jadval boʻyicha oʻchirish funksiyasi.
  • Markaziy sovitish mashinasida (MSM) kompressorlar unumdorligini silliq tartibga solish va qoʻshimcha IQ moduldan foydalanish.
  • AKV elektron kengayish ventillarini qoʻllash.
  • Isteʼmolchilarda adaptiv qizib ketish (peregrev) nazorati.
  • Isteʼmolchilarda harorat parametrini tungi vaqtga moslab oʻzgartirish (smeshenie ustavki).
  • Muzlatgich eshiklarining atrofini qizdirish konturini (kadrli/burtikli isitishni) boshqarish funksiyasi.
Shuningdek, biz tomondan qoʻshimcha ravishda quyidagilar ishlab chiqildi va montaj qilindi:

  • Issiqlikni utilizatsiya qilish (qayta ishlash) tizimi — supermarketning texnik ehtiyojlari uchun suvni isitish tizimi boʻlib, u ekspluatatsiya xarajatlarini tejash imkonini beradi.
  • Markaziy sovitish mashisasi xonaning oʻlchamlariga maksimal darajada moslashtirilgan boʻlib, bu uskunani mavjud xonaning oʻziga montaj qilish imkonini berdi va ortiqcha kapital xarajatlarning oldini oldi.
  • Past haroratli isteʼmolchilarni issiq gaz yordamida eritish (ottayka) tizimi, bu elektr energiyasini sezilarli darajada tejashga yordam beradi.
Biz xizmatimizni yaxshilash uchun cookie-fayllardan foydalanamiz
OK