Bugungi kunda supermarketlarning "ekspress" formati oziq-ovqat riteylida (food retail) eng ommabop va jadal rivojlanayotgan yoʻnalish hisoblanadi. Bunday formatdagi doʻkonlarni ochish odatda loyihalash bosqichidayoq hisobga olinishi kerak boʻlgan qator qiyinchiliklar bilan bogʻliq.
Mavjud binolardagi maydonning cheklanganligi (ularni taʼmirlash yoki moslashtirish qiyin, uzoq vaqt talab etadi va qimmatga tushadi); zaruriy texnik xonalar va kommunikatsiya uzellarining mavjud emasligi; xonalarning oʻlchamlari cheklanganligi yoki oʻziga xosligi; savdo zali, yordamchi xonalar hamda sovitish va muzlatish kameralarini loyihalashdagi qiyinchiliklar shular jumlasidandir. Qoidaga koʻra, bunday doʻkonlar bevosita turar joy binolarida yoki ularga juda yaqin joylarda joylashadi. Shu sababli, ruxsat etilgan shovqin darajasi boʻyicha qatʼiy cheklovlar mavjud.
Kompaniyamiz ushbu muammolarni hal qilish uchun quyidagi yechimlar majmuasini taklif etadi:
- Ecostar va Ecolite seriyasidagi energiya tejamkor sovitish agregatlari — soha yetakchisi boʻlgan Germaniyaning Bitzer konserni tomonidan ishlab chiqarilgan, tashqi muhitda (koʻchada) oʻrnatish uchun moʻljallangan ixcham, past shovqinli va ishonchli uskunalar. Ularda bugungi kunda mavjud boʻlgan barcha energiya tejamkor texnologiyalar qoʻllanilgan boʻlib, kichik va oʻrta formatdagi doʻkonlar uchun eng maqbul yechimdir. Bizning kompaniyamiz butun sohada birinchi boʻlib ushbu agregatlar uchun maxsus dasturiy taʼminot ishlab chiqdi. Buning sharofati bilan biz butun supermarket maʼlumotlarini, jumladan Bitzer sovitish mashinalari koʻrsatkichlarini Danfoss kompaniyasining yagona Adap-Kool platformasiga chiqarishga muvaffaq boʻldik.
- Sovitish va muzlatish kameralarining "oʻzgaruvchan" oʻlchamlari muammosi esa mutaxassislarimiz tomonidan istalgan oʻlchamda joyning oʻzida montaj qilinadigan PIR sendvich-panellarini qoʻllash orqali hal etiladi.