Asbob-uskunalarni yig‘ish, tutashtirish, ulash va sozlash, quvurlar, kommunikatsiyalar trassirovkasi, payvandlanishi, izolyasiyalanishi va mahkamlanishi, ularni tekshirish, ishga tushirish, rejimlarni sozlash, ushbu ishlarning barchasini katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan malakali mutaxassislar bajaradi.
MONTAJ LOYIHASINI TAYYORLAYOTGANDA, BIZ SOVITUVCHI TEXNIKANING NEMIS INSTITUTI TOMONIDAN ISHLAB CHIQARILGAN ZAMONAVIY DASTURIY TA`MINOTNI QO‘LLAYMIZ.
Biz qo‘llayotgan dasturiy taʼminot gidravlik qarshiliklarni aniq hisoblash va sovituvchi texnikaning maqbul tanlovi uchun, hamda ishchi rejimlarning sozlamalarida uni hisobga olish imkonini beradi.
Truboprovodlarni va magistrallarni loyihalashtirishga bizning yondashuvimiz quvurlarning zaruriy diametrini, ularning uzunligini, burilishlarning ko‘tarilishlari va tushishlari sonini maqbul tanlashga, muvofiq tarzda zaruriy sarflanuvchi materiallarni aniq tasniflanishi olishga imkon beradi.