Select language

Toshkent shahridagi (Oʻzbekiston) "Magnum Cash&Carry" tarmogʻining birinchi gipermarketi

Koʻp yillik hamkorligimiz davomida kompaniyamiz tomonidan "Magnum Cash&Carry" supermarketlar tarmogʻi uchun yuzdan ortiq loyihalar ishlab chiqildi va amalga oshirildi.
Biroq ushbu loyiha bizga alohida gʻurur bagʻishlaydi, chunki bu koʻp yillik hamkorlarimizning Oʻzbekistondagi birinchi loyihasidir. Mazkur loyihada supermarketlarni sovitish tizimlari bilan jihozlash boʻyicha eng energiya tejamkor va dolzarb zamonaviy yechimlar qoʻllanilgan:
Adap Kool boshqaruv va nazorat tizimining joriy etilishi.
Qaynash jarayonini optimallashtirish tizimi.
1
Kondensatsiyani optimallashtirish tizimi.
2
3
Havo sovitgichlar va kondensatorlarda EC-ventilyatorlardan foydalanish.
Yoritish tizimi va isteʼmolchilarni jadval boʻyicha oʻchirish funksiyasi.
4
Adaptiv (moslashuvchan) eritish tizimi.
5
6
Markaziy sovitish mashinasida (MSM) kompressorlar unumdorligini silliq tartibga solish va IQ moduldan foydalanish.
7
Isteʼmolchilarda adaptiv qizib ketish (peregrev) nazorati.
AKV elektron kengayish ventillarini qoʻllash.
8
9
Isteʼmolchilarda harorat parametrini tungi vaqtga moslab oʻzgartirish (smeshenie ustavki).
10
Sovitish kompressorlarining quvvatini optimallashtirish uchun ekonamayzer qoʻllanilishi.
Kadrli (burtikli) isitishni boshqarish funksiyasining qoʻllanilishi.
11
12
Shuningdek, biz tomondan qoʻshimcha ravishda quyidagilar ishlab chiqildi va oʻrnatildi:
  • Issiqlikni utilizatsiya qilish (qayta ishlash) tizimi — supermarketning texnik ehtiyojlari uchun suvni isitish tizimi boʻlib, u ekspluatatsiya xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi.
  • Markaziy sovitish mashisasi xonaning oʻlchamlariga maksimal darajada moslashtirilgan boʻlib, bu uskunani mavjud xonaning oʻziga montaj qilish imkonini berdi va ortiqcha kapital xarajatlarning oldini oldi.
  • Past haroratli isteʼmolchilarni issiq gaz yordamida eritish (ottayka) tizimi, bu elektr energiyasini sezilarli darajada tejashga yordam beradi.

Sovitish uskunalarini loyihalash, yetkazib berish va montaj qilishdan tashqari, "EuroSovuq" kompaniyasi kassa bokslari hamda mayatniksimon (ikki tomonga ochiladigan) eshiklarni yetkazib berish va oʻrnatish ishlarini ham amalga oshirdi.
Biz xizmatimizni yaxshilash uchun cookie-fayllardan foydalanamiz
OK