Shuningdek, loyihani amalga oshirishda Bitzer kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan korpus-quvurli (kojuhotrubnie) issiqlik almashinuvchilari va moy sovutgichlari, shuningdek, Danfoss, Siemens va Schneider avtomatika tizimlaridan foydalanildi. Kondensatorlar Italiyaning "LU-VE" kompaniyasi mahsulotidir. Chillerlardan tashqari, mutaxassislarimiz tomonidan oraliq issiqlik tashuvchisi uchun gidromodullar loyihalandi va oʻrnatildi. Gidromodullar 2 ta nasos (asosiy va zaxira), kengaytirish baklari, avtomatlashtirish hamda 24/7 rejimida ishlashga moʻljallangan himoya tizimlari bilan jihozlangan.