Hamkorligimizning birinchi yilida biz tarmoqning ham yangi obyektlarini loyihaladik va montaj qildik, ham amaldagi doʻkonlarida retrofit (uskunalarni yangilash va modernizatsiya qilish) ishlarini bajardik. Biz tomonidan nafaqat respublika poytaxti — Toshkent shahrida, balki boshqa shaharlarda ham: Samarqand, Termiz, Denov, Fargʻona, Andijon, Namangan, Jizzaxda jami 20 ga yaqin loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
Loyihalar doirasida biz tomonimizdan quyidagi ishlar bajarildi:- Tashqi sovitish tizimiga (vinosnoy xolod) ega sovitish uskunalarining turli kommunikatsiya va elektr tarmoqlarini yagona tizimga joylashtirish hamda ulashni loyihalash;
- Sovitish va muzlatish kameralari uchun markaziy sovitish mashinalari, agregatlar va boshqaruv tizimlarini, shuningdek, savdo zali uskunalari — vertikal va yarim vertikal (polugorka) sovitish vitrinalari, kulinariya, goʻsht, pishloq va kolbasa mahsulotlari hamda qandolat vitrinalarini ishlab chiqarish, yetkazib berish va montaj qilish;
- Sendvich-panellardan sovitish va muzlatish kameralarini yetkazib berish va montaj qilish;
- Issiqlik almashinuvchi uskunalar — havo sovitgichlar, kondensatorlar, shuningdek, ishlab chiqarish xonalari va sexlarni sovitishga moʻljallangan maxsus havo sovitgichlarni tanlash, loyihalash, yetkazib berish va montaj qilish.
Bitzer kompressorlari bazasida yigʻilgan markaziy sovitish mashinalari va agregatlari zamonaviy energiya tejash, nazorat va himoya tizimlari bilan butlangan boʻlib, bu ulardan minimal xarajatlar bilan koʻp yillar davomida samarali va ishonchli foydalanishni taʼminlaydi.
Supermarketlarga servis xizmati koʻrsatish kompaniyamizning texnik xodimlari tomonidan kechasiyu kunduz (24/7 rejimida) amalga oshirilmoqda.
"Korzinka" supermarketlar tarmogʻiga koʻrsatilgan yuksak ishonch uchun minnatdorchilik bildiramiz hamda ularga muvaffaqiyat, rivojlanish va gullab-yashnash tilaymiz!