Loyiha unumdorligi tartibga solinadigan, energiya tejamkor Bitzer kompressorlari yordamida amalga oshirildi, bu esa elektr energiyasining maqbul sarfini kafolatlaydi. Shuningdek, loyihada hamkorlarimiz — Sest LU-VE kompaniyasining maxsus ishlab chiqilgan issiqlik almashinuvchilari hamda "ProfXolod" ishlab chiqaruvchisidan ushbu loyiha uchun maxsus zanglamaydigan poʻlatdan tayyorlangan PIR sendvich-panellari qoʻllanilgan.
Sanoat usulida baliq quritish loyihasi. Loyiha murakkab muhandislik yechimlarini qoʻllagan holda amalga oshirildi; boshqaruv va nazorat jarayonlari Danfoss Adap-Kool avtomatika tizimi yordamida toʻliq avtomatlashtirilgan. Bugʻlatgichlarda (isparitel) havoni quritish va keyinchalik kondensatorda qayta isitish texnologiyasi joriy etildi. Kameradagi harorat va namlik koʻrsatkichlari, shuningdek, butun tizimning ish jarayoni ham onlayn rejimda, ham bevosita kamera yonidagi boshqaruv blokida aks etadi.
Ushbu loyihaning hayotga tatbiq etilishi buyurtmachiga oʻz ishlab chiqarish quvvatlarini ishonch bilan rejalashtirish hamda mijozlariga yetkazib beriladigan mahsulotning doimiy va bir xil sifatdagi zarur hajmini kafolatlash imkonini beradi.