Select language

Olmati shahridagi navbatdagi "Darkstore" loyihasi "kalit ostida"

Ushbu format oʻsishda, rivojlanishda va yangi xaridorlarni jalb qilishda davom etmoqda. Anʼanaga koʻra "Evrokold Servis" kompaniyasi tomonidan jihozlangan mazkur loyiha 2023-yilning oxirida mijozlarga xizmat koʻrsatishni boshladi.
Yangi "Darkstore" uchun qoʻllanilgan yechimlarning oʻziga xos xususiyatlari:
  • Energiya sarfini maqbullashtirish uchun unumdorligi tartibga solinadigan hamda ekonamayzerlar bilan jihozlangan energiya tejamkor markaziy sovitish mashinalari. Ular IQ modulli Bitzer kompressorlari, Danfoss avtomatika tizimi hamda Castel va Alco berkitish-tartibga solish armaturalari bazasida yigʻilgan.

  • Shovqin darajasi past boʻlgan hamda parraklarning aylanish tezligini boshqaruvchi Schneider Electric chastotali regulyatorlariga ega kondensatorlar, shuningdek, xodimlarning qulay ishlashi uchun Italiyaning LU-VE ishlab chiqaruvchisidan maxsus 2 oqimli havo sovitgichlar.

  • Favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda muhim (kritik) mahsulotlar xavfsizligini taʼminlash maqsadida, ayrim kameralar Germaniyaning Bitzer konserniga tegishli Ecostar va Ecolite seriyasidagi avtonom agregatlar yordamida ishlaydi.

  • Xodimlarning tez va qulay ishlashi uchun "buyurtmalarni yigʻish" kameralari fasad qismi boʻylab shisha eshiklar oʻrnatilgan.

  • Yuklamani maqbullashtirish, harorat rejimlarining barqarorligi va ekspluatatsiya xarajatlarini tejash maqsadida oʻrta haroratli sovitish zonalari ichiga joylashtirilgan past haroratli kameralar.

  • Yonmaydigan PIR toʻldirgichli sendvich-panellar, shuningdek, muzlatgich kameralari uchun xizmat muddatini uzaytirish maqsadida alyumin otboyniklar (himoya toʻsiqlari) bilan jihozlangan ochiladigan, suriladigan va mayatniksimon eshiklar.

  • Issiqlikni rekuperatsiya qilish tizimi — kondensatsiyaning "bepul" issiqligi hisobiga mahsulotlarni qabul qilish hududini isitish.

  • AKV elektron kengayish ventillari va ularni boshqaruvchi Danfoss kompaniyasi kontrollerlari.

  • Obyektdagi barcha sovitish uskunalarini qamrab oluvchi yagona monitoring va dispetcherlik tizimi.

  • Oʻzgaruvchan (suzuvchi) kondensatsiya va qaynash harorati tizimi.
Biz xizmatimizni yaxshilash uchun cookie-fayllardan foydalanamiz
OK