Select language

Olmati shahri, Qulja trakti boʻyidagi "Darkstore"

Uskunalarni loyihalash, yetkazib berish va montaj qilish
2024-yilning noyabr oyida uzoq yillik hamkorimiz — onlayn-riteyl yetakchisi boʻlgan "Magnum E-commerce" kompaniyasi tomonidan yaratilgan Qozogʻistondagi eng yirik "Darkstore" oʻz faoliyatini boshladi. Rekord darajadagi qisqa muddatlarda hayotga tatbiq etilgan ushbu keng koʻlamli va noyob loyiha buyurtmachiga oʻzining operatsion quvvatlarini oshirish hamda kuniga 20 000 tagacha buyurtmani qayta ishlash imkonini berdi.

"Darkstore" maqbul rejimda ishlash uchun zarur boʻlgan barcha narsani oʻz ichiga oladi: sovitish va muzlatish kameralari, buyurtmalarni jamlash (konsolidatsiya) va joʻnatish zonalari, xususiy ishlab chiqarish obyekti, sexlar, shuningdek, uzoq muddat saqlash kameralari.

Loyihada energiya tejash va ekspluatatsiya xarajatlarini maqbullashtirish boʻyicha eng zamonaviy yechimlar qoʻllanilgan:
  • Kondensatorlar uchun adiabatik (bugʻlanishli) sovitish tizimlari.
  • Markaziy sovitish mashinalarining sovitish unumdorligini silliq tartibga solish tizimi.
  • Past haroratli sovitish mashinalarining quvvatini oshirish uchun oʻrta haroratli agregatlarda ekonamayzerlardan foydalanish.
  • Kondensator parraklarining aylanish tezligini chastotali tartibga solish.
  • Intellektual boshqaruv tizimlariga ega elektron kengayish ventillari.
  • Kondensatsiyaning "bepul" issiqligi hisobiga mahsulotlarni qabul qilish va joʻnatish zonalarini isitish tizimi.
  • Xladagentning (freonning) kondensatsiya issiqligidan foydalangan holda suvni isitish.
  • Past haroratli havo sovitgichlarni elektr isitkichlar (TENlar) yordamisiz eritish (ottayka) tizimi.
  • Barcha elementlarning ishini muvofiqlashtiruvchi dispetcherlik, nazorat va optimallashtirish tizimi.
Ushbu va boshqa koʻplab innovatsion yechimlar buyurtmachimizga ekspluatatsiya xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirish hamda mijozlarga mahsulotlarni tez va sifatli yetkazib bergan holda, maksimal darajada samarali, ishonchli va tezkor xizmat koʻrsatishni taʼminlash imkonini beradi.

"Eurocold Service ltd" MCHJ kompleks ishlarni toʻliq hajda bajardi: sovitish tizimlarini loyihalash; sendvich-panellar, eshiklar, markaziy sovitish mashinalari, havo sovitgichlar, kondensatorlar, boshqaruv pultlari, shuningdek, dispetcherlik va issiqlikni utilizatsiya qilish tizimlarini ishlab chiqarish va yetkazib berish. Bizning jamoamiz obyektdagi uskunalarni montaj qilish, yigʻish va ishga tushirish-sozlash (pusko-naladka) ishlarini amalga oshirdi.
Obyektga texnik servis xizmati koʻrsatish ham kompaniyamiz kuchlari bilan amalga oshirilmoqda.
Biz xizmatimizni yaxshilash uchun cookie-fayllardan foydalanamiz
OK