Select language

Chimkent shahridagi "Darkstore"

Yangi loyiha uchun geografik xususiyatlarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan energiya tejamkor yechimlar toʻplami.
Qozogʻistonning janubi issiq va quruq iqlimga ega — bu adiabatik sovitish tizimini qoʻllash uchun ideal sharoitdir.

1.Niderlandiyaning Oxycom ishlab chiqaruvchisiga tegishli adiabatik sovitish tizimi — bu sovitish agregatlari uchun elektr energiyasi sarfini 25–30% gacha kamaytirish imkonini beruvchi noyob va patentlangan yechimdir. PreCool havoni adiabatik sovitish tizimi kondensatorga kirishdagi havo haroratini 13–15 darajaga pasaytirdi!!! Kompressorlarning oʻrnatilgan elektr quvvati 50 kVt ga kamaytirildi. Tizimning oʻzini oqlash muddati 1,5–2 yilni tashkil etadi.
Oxycom adiabatik sovitish tizimining xususiyatlari:
  • Suvni maxsus tayyorlash (filtrlash/yumshatish) talab etilmaydi.
  • Suvning kondensator bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqasi mavjud emas.
  • Uzatiladigan suvning harorati tizim ishining samaradorligiga taʼsir qilmaydi.
  • Panellar tozalash uchun oson yechiladi va himoya filtri bilan jihozlangan.
  • Suv tizim ichida qayta aylanadi (retsirkulyatsiya boʻladi).
  • Xizmat muddati kamida 5 yilni tashkil etadi.
  • Panellarning alyumin qovurgʻalariga korroziyaga qarshi, antibakterial, mikrobiologik, suvni shımurchi va tarqatuvchi qoplama surtilgan. Oxyvap panellari kontaktli havo namlagichi hisoblanadi. Shuning uchun havoga tomchilar tushmaydi, bu esa legionella (legionella) bakteriyasining havo orqali tarqalishining oldini oladi.

2.Kondensatsiyaning "bepul" issiqligi hisobiga suvni isitish tizimi. Ushbu loyihada biz kondensatsiya issiqligini utilizatsiya qilish (qayta ishlash) hisobiga suvni "bepul" isitishning katta va murakkab tizimini joriy etdik. Biz buyurtmachini 3 kub metr issiq suv bilan taʼminladik. Bunday tizimning oʻzini oqlash muddati 2 yildan sal koʻproqni, xizmat muddati esa kamida 10 yilni tashkil etadi.
3.Past haroratli sovitish mashisasi uchun ekonamayzer kompressorlarning talab etiladigan quvvatini ikki baravarga kamaytirish imkonini berdi. Past haroratli sovitish mashinasining xladagentini (freonini) oʻta sovitish (pereoxlajdenie) uchun oʻrta haroratli sovitish agregati resursidan foydalanish zaruriy quvvatni sezilarli darajada kamaytiradi. Bu nafaqat ekspluatatsiya jarayonida tejash imkonini beradi, balki koʻp hollarda bunday yechim loyihaga kiritiladigan dastlabki investitsiyalar bosqichidayoq buyurtmachi uchun arzonroqqa tushadi.
Biz xizmatimizni yaxshilash uchun cookie-fayllardan foydalanamiz
OK